Eronda terrorchilar politsiya idorasiga hujum qildi (video)

Olam

image

Eron janubi-sharqidagi Zohidon shahrida politsiya idorasiga qilingan hujum oqibatida ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda IRNA xabar berdi.

Mamlakatning Islom inqilobi posbonlari korpusi bayonotiga ko‘ra, hujum Seiston va Baluchiston viloyatlari o‘rtasidagi politsiya bo‘limiga uyushtirilgan. Terakt sodir etganlar to‘rt kishi bo‘lgani va ular hujumda qo‘l granatalaridan foydalangani aytilgan.

Xavfsizlik xizmati xodimlari hodisa xudkushlik hujumi bo‘lganini rad etgan. Viloyat gubernatorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ali Rizo Marhamatiyning aytishicha, hujum bugun, 8 iyul kuni tongda, mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da sodir bo‘lgan.

Xavfsizlik kuchlari o‘z vaqtida vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgani bois, hujumchilar politsiya idorasiga kira olmagan. To‘rt nafar terrorchining bari yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing