Eronda terakt sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
26 Oktabr
10529Eronda terakt sodir etilishi oqibatida 10 kishi vafot etdi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eronning Siston va Balujiston viloyatida noma’lum shaxslar politsiya postiga o‘t ochgan. Oqibatda 10 kishi, jumladan politsiya xodimlari halok bo‘lgan.
“Balujlar istiqomat qiladigan Siston va Balujiston viloyati Erondagi eng yirik norozilik markazi bo‘lib, tez-tez o‘tkaziladigan aksilhukumat namoyishlari va xavfsizlik kuchlari va turli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bilan ajralib turadi”, deyiladi xabarda.
Lekin hozircha hech bir guruh bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Eron Ichki ishlar vazirligi voqea yuzasidan tergov o‘tkazishni buyurgan va terroristik hujumning tafsilotlarini o‘rganib, natijani zudlik bilan aholiga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning janubi-g‘arbiy provinsiyasi Balujistonda sodir etilgan terakt oqibatida kamida 73 kishi halok bo‘lgan edi. Ushbu teraktda ham jangari guruhlar asosan armiyaga chaqiruv va politsiya bo‘limlariga hujum qilgan. Qurbonlarning ham asosiy qismini politsiya xodimlari tashkil etgan.
LiveBarchasi