Eronda Ronalduga hukm o‘qildi

Sport

image

Saudiya Arabistonining "Al Nasr" jamoasi portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu Eronda jismoniy jazo tahdidi ostida qoldi. Bu haqda “Index HR” xabar bermoqda.

Gap shundaki, Ronaldu Tehronga Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida mahalliy “Persepolis” jamoasiga qarshi o‘yin (2:0) uchun kelgan edi. Sayohat doirasida u muxlislari, jumladan, Fotima ismli rassom qiz bilan uchrashdi. Qayd etilishicha, futbolchi imkoniyati cheklangan rassom bilan muloqot chog‘ida uni quchoqlab o‘pgan.

“Shu tariqa Ronaldu Eronda mavjud amaldagi qonunlarni buzdi. Manbaga ko‘ra, hujumchi kelajakda Eronga qaytsa, unga 99 darra uriladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2022 yilning 30 dekabrida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasiga kelib qo‘shildi. U klub safida jami 30 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Persepolis Ronaldu Al Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing