Eronda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar soni 20 ga yaqinlashdi
Olam
−
01 iyul 2020
5389Eron poytaxti Tehron shimolidagi klinikada portlash sodir bo‘ldi va uning ortidan yong‘in kelib chiqdi. Buning oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shifokorlarga tayanib, “Fars” agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq, 13 kishi qurbon bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
“Mehr” agentligining ta’kidlashicha, portlash paytida klinikada 25 kishi bo‘lgan. O‘lganlar orasida 10 ayol va uch erkak bor.
Ayni paytda o‘t o‘chiruvchilar, tez yordam va huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyida ishlamoqda. Portlash va yong‘inga nima sabab bo‘lgani aytilmagan.
LiveBarchasi