Eronda Isroil uchun josuslik qilgan shaxs qatl etildi

Olam

image

Eron rasmiylari Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan Pedram Madani ismli shaxsga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron sud tizimi bilan bog‘liq “Mizan” axborot agentligi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Madani “Mossad” foydasiga josuslik qilish”, “himoyalangan aloqa kanali orqali Isroil agentiga maxfiy ma’lumotlarni yetkazish”, shuningdek, Bryusselda joylashgan Isroil elchixonasini “ziyorat qilish” va Isroilga “josuslik faoliyati doirasida” safarlar uyushtirishda aybdor deb topilgan.

Eron Oliy sudi tomonidan hukm tasdiqlangach, qatl jazo choralari kuchga kirgan. Madani taxminan 6 yil avval hibsga olingan bo‘lib, Eronning Islom inqilobi sudi uni “Yer yuzida buzg‘unchilikni tarqatish” moddasiga asosan o‘lim jazosiga hukm qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Eron Oliy sudi hukmi bilan Isroil maxsus xizmati bilan hamkorlik qilganlikda ayblangan Mohsen Langarneshin qatl etilgandi. Langarneshin tergov davomida aybini tan olgan. Sud vakillari uning “Mossad” foydasiga olib borgan josuslik faoliyati, terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, Isroil razvedkasi bilan aloqa uchun foydalanilgan maxfiy kommunikatsiya liniyasi aniqlanganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil josuslik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing