Eronda 12 kunda 700 kishi josuslikda gumonlanib ushlandi

Olam

image

Joriy yilning 13 iyunidan boshlab 12 kun ichida Eron hududida Isroil foydasiga josuslik qilishda gumon qilingan 700 kishi hibsga olindi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.

“Isroilning Eronga qarshi hujumi boshlanganidan beri, Isroil josuslik tarmog‘i mamlakatda faoliyat yuritayotgan edi. Eron razvedkasi va xavfsizlik kuchlari 12 kun ichida 700 dan ortiq shaxsni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, eng ko‘p hibslar Kermonshoh, Isfahon, Xuziston, Fors va Luriston viloyatlarida amalga oshirilgan. Tehron viloyatida esa aniq raqamlar hozircha e’lon qilinmagan.

Qayd etish joiz, Isroil Eronni yadroviy tahdidda ayblab, 13 iyun tongida birinchi zarbani bergan edi. Oradan 17 soat o‘tib Eron javob zarbasini yo‘lladi va shundan so‘ng tomonlar raketa hujumlarini davom ettirdi. 22 iyun kechasi AQSH Isroilga yordam sifatida Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berdi. 23 iyun oqshomida AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil to‘liq va har tomonlama o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.
Keyinroq esa Isroil tomoni o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilganidan keyin ham Eron hududidan yangi raketa otish holatlari qayd etilganini ma’lum qildi. Isroil harbiylari bu hujumlarga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda “Mossad” foydasiga josuslik qilishda ayblangan erkak qatl etilgani xabar qilingandi. U Eron haqidagi maxfiy ma’lumotlarni pul evaziga uzatgan va Isroil razvedkasi – “Mossad”ning ikki xodimi bilan aloqada bo‘lgan. Fekri “Mossad” zobitlaridan biriga shifrlangan aloqa orqali Eronning yashirin ob’ektlari, shtab-kvartiralari joylashuvi, shuningdek, ayrim shaxslar haqidagi ma’lumotlarni yetkazishga harakat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil josuslik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing