Eron Yevropadan 15 mlrd dollar talab qildi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” (HUHR) yadro dasturiga qaytishi uchun Yevropa shart qo‘ydi. Rasmiy Tehron HUHR shartlarini to‘la bajarishi uchun Yevropa Erondan neft sotib olishi yoki yil oxirigacha 15 mlrd dollar kredit ajratishi kerak. Bu haqda Eron TIV rahbari Abbos Iroqchi ma’lum qildi.

“Nazarimizda Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasining to‘la bajarilishi 4 oy ichida 15 mlrd dollar olishimizga bog‘liq. Aks holda, majburiyatlarni qisqartirish davom etadi”, dedi Iroqchi.

Joriy yilning 2 avgust kuni Eron Tashqi ishlar vaziri HUHR bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirishning 3-qismi tayyor ekanini, uni mamlakat Prezidenti Hasan Ruhoni e’lon qilishini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” yadro dasturi 2015 yilning iyul oyida Eron, Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Xitoy va Germaniya tomonidan imzolangan edi. Kelishuv bilan sanksiyalarni bekor qilish evaziga Eron yadro dasturiga cheklovlar qo‘yilgandi.

Ammo kelishuv dastlabki holatida 3 yildan ko‘p yashamadi. 2018 yilning may oyida AQSH HUHRdan chiqqanini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Eronga qarshi sanksiyalarni tiklashni boshladi.

Shundan so‘ng, Eron HUHRning uran va og‘ir suv suv zahiralari bo‘yicha bandlarini bajarishni to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadro dasturi

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing