Eron yadroviy inshootlar himoyasini kuchaytirmoqda – OAV
Olam
−
11:52 317 2 daqiqa
Eron joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan oraliq Kongress saylovlaridan keyin AQSH bilan urushning qayta boshlanishini kutmoqda. Bu haqda “Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, Eron rejimi asosan o‘zining yadroviy inshootlarini himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Pikaks tog‘i va Natanz yadroviy markazlari yaqinida mudofaa istehkomlari, tuproq devorlari qurilgan. Agar AQSH harbiylari quruqlikdan operatsiya boshlasa, mamlakat qo‘shinlari bu istehkomlar orqali yadroviy inshootlarni himoya qiladi.
Ushbu istehkomlarning qurilishi Fan va xalqaro xavfsizlik instituti tomonidan tahlil qilingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida aniqlangan.
Shuningdek, AQSH Yaqin Sharqqa “USS Theodore Ruzvelt” aviatashuvchisi boshchiligidagi dengiz piyodalari bo‘linmasi va aviatashuvchi zarba berish guruhi joylashtirilmoqda. Bu orqali Amerikaning mintaqadagi harbiylari soni noyabr oyiga qadar 10 000 askarga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa Islom davlati uchun jiddiy belgi bo‘lishi mumkin.
Eron himoyalanish bilan birga qarshi hujumga ham tayyorlanmoqda. Saudiya Arabistonining neft inshootlari Eron hujumlarining asosiy nishoni bo‘lishi mumkin.Avvalroq, Ar-Riyoddagi Xalqaro aeroport Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar tomonidan hujumga uchragan edi. Aeroport terminaliga snaryad borib urilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hozirda xavfsizlik nuqtai nazaridan bunkerlar bilan qattiq qo‘riqlanadigan inshootlarda turgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan bo‘layotgan urushni oraliq Kongress saylovlaridan keyin darhol tugashi haqida aytgan edi.
Jo‘rayev Shahriyor
Live
Barchasi