Eron yadro dasturi bo‘yicha Rossiya va Xitoy bilan maslahatlashmoqda

Olam

image

Eron yadro dasturiga nisbatan ishonchni mustahkamlash va Islom Respublikasiga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga erishish maqsadida Rossiya va Xitoy bilan maslahatlashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Hozirda biz “Ye3” (Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya) hamda alohida Rossiya va Xitoy bilan teng huquqli va o‘zaro hurmatga asoslangan maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz. Maqsad – yadro dasturimizga ishonchni oshirish va ko‘proq shaffoflikka erishish evaziga Eronga qarshi noqonuniy sanksiyalarni bekor qilish yo‘llarini o‘rganish”, deydi Aroqchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar qo‘rqitish va bosimga emas, muloqot va o‘zaro tushunishga asoslanishi kerak. Eron yadro dasturi “hamisha faqatgina tinch maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp “Fox Business” telekanaliga bergan intervyusida Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan murojaat qilganini ma’lum qilgandi. Ali Xomanaiy esa bu murojaatga javoban Tehron bosim ostida AQSH bilan muzokaralar o‘tkazish niyatida emasligini, chunki Vashington faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlashini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadro dasturi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing