Eron va Isroil fuqarolarining Suriyaga kirishi taqiqlandi
Olam
−
17:18
1879Suriyaning muvaqqat hukumati Isroil va Eron fuqarolariga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi. Bu haqda yaqinda Suriyaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadigan Turkish Airlines aviakompaniyasiga tayanib, “Turkiye Today” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkish Airlines aviakompaniyasi Damashqqa parvozlarni joriy yil 23 yanvardan boshlab qayta tiklaydi. Aviakompaniya har hafta uchta reys amalga oshiradi. Shu bilan birga, kompaniya Suriyaga kirish bo‘yicha yangi hukumat tomonidan joriy qilingan cheklovlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi:
- Yo‘lovchilar Suriyalik ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart;
- Isroil va Eron fuqarolariga Suriyaga kirish taqiqlanadi;
- Livan fuqarolar Suriyaga faqat ota-onasidan biri Suriyalik bo‘lsa yoki boshqa davlatning yashash guvohnomasi yoki vizasiga ega bo‘lsa kirishi mumkin;
- Jurnalistlar Suriyaga kirish uchun maxsus ruxsatnoma olishlari zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning muvaqqat hukumatiga yaqin manba Eron bilan hech qanday aloqa mavjud emasligini, shu jumladan, Eronning Damashqdagi elchixonasi va Suriya elchixonasining Tehrondagi ochilishi bo‘yicha diplomatik muzokaralarni rad etib, mamlakatdan Suriyadagi jinoyatlar uchun 300 milliard dollar talab qilinishini bildirgan edi. Ushbu inkor Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Mohajerani tomonidan berilgan bayonotlarga javoban aytilgan. Mohajeraniga ko‘ra, Suriya muvaqqat hukumati bilan muzokaralar davom etmoqda, shuningdek, ikkala elchixona ochilishi masalasi muhokama qilinmoqda. Biroq manbaning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Eron o‘rtasidagi aloqa “butunlay uzilgan” va Mohajerani tomonidan ilgari surilgan diplomatik muzokaralar haqidagi iddaolar qat’iyan rad etilgan. Manba, shuningdek, kelajakda Eron bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish rejalari yo‘qligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar