Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi

Olam

image

Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan.

“Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-15  havo mudofaa raketa tizimlari kiradi.

Bu kelishuv avval xabar qilinmagan. Eron va Armaniston Tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari “Iran International”ning izoh berish haqidagi alohida so‘rovlariga javob bermadi.

Armaniston Moliya vazirligi 2024 yilda mudofaa xarajatlari 2020 yilga nisbatan 81 foizga oshganini ma’lum qildi. Armanistonning mudofaa byudjeti 2024 yilda taxminan 1,4 milliard dollarni tashkil etdi, shuning uchun bu kelishuv bo‘yicha Eronga ajratilgan mablag‘ byudjetning uchdan bir qismini tashkil qiladi. Armaniston buni qanday ko‘tara olishi noma’lum, ammo ba’zi tahlilchilarga ko‘ra, kredit to‘lovlari variant bo‘lishi mumkin.

“Eron va Armaniston o‘rtasidagi qurol-yarog‘ kelishuvi dronlar va havo hujumidan mudofaa raketalarini yetkazib berishdan tashqarida. U  razvedka sohasidagi hamkorlik, yaqin harbiy aloqalar, kadrlar tayyorlash va Armaniston hududida bazalar yaratishni ham o‘z ichiga oladi”, deydi nashr manbasi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron qurol Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing