Eron O‘zbekistonni ayab o‘tirmadi

Sport

image

Tojikistonda “CAFA Futsal Cup 2023” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 28 iyul kuni turnirning 4-turida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Qiyin kechgan bahsda O‘zbekiston 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Uchrashuvda Ali Halilvand ikkita gol urgan bo‘lsa, Ali Akrami va Amir Husayn bittadan golni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.  Yana bir gol esa O‘zbekiston vakili Akbar Usmonov hisobiga avtogol sifatida qayd etildi. 

Ma’lumot uchun, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoa dastlabki turda mezbon jamoa Tojikistonga qarshi o‘ynadi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda esa Afg‘onistonga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, uchinchi turda esa Turkmaniston 3:1 hisobida O‘zbekistonga taslim bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning  11-20 iyun kunlari Toshkent shahrida futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” musobaqasi bo‘lib o‘tgan edi. Turnir doirasida O‘zbekiston va Eron jamoalari musobaqa finaliga qadar yetib kelib, yakunda forslar 1:0 hisobida g‘alabaga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron CAFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing