Eron O‘zbekistondan qo‘rqyaptimi? Mamlakat matbuoti o‘zbek legionerlarini alohida tahlil qildi
Sport
−
24 mart
15800Eronning “Football360” nashri O‘zbekiston terma jamoasi legionerlarini alohida tahlil qilib, maqola e’lon qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 10 nafar legioner bor, ulardan ikki nafari Yevropaning top-5 ligasida to‘p suradi.
Osiyo qit’asi JCH-2026 3-saralash bosqichining 8-turida “A” guruhidan joy olgan ikki jamoa Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi. Eron 19 ochko bilan guruhda peshqadam, “oq bo‘rilar” esa 16 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va Amir Galenoi shogirdlarining eng yaqin ta’qibchilari sanaladi.
O‘zbekistonliklar so‘nggi yillarda sezilarli yutuqlarga erishdi va hozirgi tarkib jalb etilgan 26 nafar futbolchidan 10 nafar legioner hisoblanadi va ularning har biri o‘z jamoasida muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston terma jamoasidagi legioner futbolchilar:
-
Eron (3 nafar — O‘tkir Yusupov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov);
-
Rossiya (2 nafar - Abbosbek Fayzullayev, Rustam Ashurmatov);
-
Saudiya Arabistoni (1 nafar - Otabek Shukurov);
-
BAA (1 nafar - Hojimat Erkinov);
-
Italiya (1 nafar - Eldor Shomurodov);
-
Angliya (1 nafar - Abduqodir Husanov);
-
Ozarbayjon (1 nafar - Bobur Abduxoliqov)
O‘zbekiston terma jamoasining ikki futbolchisi top-5 ligada to‘p tepadi va ular o‘z jamoasida muhim figura hisoblanadi. Bular “Lans”ning sobiq himoyachisi, 21 yoshli Abduqodir Husanov qishki transfer oynasida “Manchester Siti”ga o‘tdi va Pep Gvardiola ko‘magida asosiy jamoaning muhim futbolchisiga aylandi.
Hujum chizig‘ida Eldor Shomorodov bor. “Oq bo‘rilar” sardori yana o‘zining avvalgi darajasiga qaytdi va “Roma”ning hujumida yorqin o‘yinlar ko‘rsata boshladi. 29 yoshli futbolchi Eron darvozasi oldida asosiy xavf tug‘diruvchi hisoblanadi.
O‘zbekistonda Yevropaning top-5 ligasida 2 nafar vakili bo‘lsa, Eron futbolida hozircha faqat bir nafar shunday nom bor, bu Mehdi Taremi, ammo hozirda Taremining “Inter”dagi ishlari unchalik ham yaxshi emas.
O‘zbekistonning asosiy tarkibida legionerlarning jamoadagi o‘rni katta. O‘zbekistonning Qirg‘izistonga qarshi so‘nggi o‘yinida asosiy tarkibda 7 nafar futbolchi mamlakatdan tashqarida to‘p surayotgan futbolchilar edi.
Qirg‘izistonga qarshi o‘ynagan legionerlar:
-
O‘tkir Yusupov (“Fulad”)
-
Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”)
-
Rustam Ashurmatov (“Rubin”)
-
Otabek Shukurov (“Al-Feyha”)
-
Abbosbek Fayzullayev (SSKA)
-
Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”)
-
Eldor Shomurodov (“Roma”)
BAAga qarshi o‘ynagan eronlik legionerlar:
-
Saman G‘oddos (“Ittihod Kalba”)
-
Mehdi Gayedi (“Ittihod Kalba”)
-
Sardor Azmun (“Ash-Shabab”)
-
Muhammad Mohebi (“Rostov”)
-
Alirizo Jahonbahsh (“Herevan”)
Keltirilgan faktorlarning barchasi O‘zbekiston yaxshi xalqaro tajribaga ega bo‘layotganini ko‘rsatadi. Eronga qarshi bahsda esa Kapadze shogirdlari o‘sha tajribani sinovdan o‘tkazadi.
LiveBarchasi