Eron-O‘zbekiston o‘yinini koreyalik hakamlar boshqaradi
Sport
−
11 iyun
8148Bugun, 11 iyun Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Eron-O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuvni janubiy koreyalik Kim Jon Heok boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
41 yoshli hakam 2009 yilda FIFA referisi bo‘lgan. U 2014 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Mo‘g‘uliston va Myanma o‘rtasidagi o‘yinga ham hakamlik qilgan.
Shu vaqtga qadar u 2 marta O‘zbekiston U-17 terma jamoasi, 1 marta O‘zbekiston milliy terma jamoasi, 4 marta O‘zbekiston klublari ishtirokidagi o‘yinlarda hakamlik qilgan. E’tiborlisi, Heok boshqargan bahslarda O‘zbekiston terma jamoalari hali yutqazmagan, biroq u ishlagan o‘zbek klublaridagi ishtirokidagi oxirgi uch uchrashuvda O‘zbekiston klublari mag‘lubiyatga uchragan.
Eron-O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Mazkur bahs g‘olibi saralashning Osiyo mintaqasi “E” guruhini 1-o‘rinda yakunlaydi.