Eron Ukrainaga norozilik notasini topshirdi
Olam
−
01 iyul 2025 15821 1 daqiqa
Eron Tashqi ishlar vazirligining Yevroosiyo mamlakatlari birinchi departamenti rahbari Shahram Forsayi Isroilning mamlakat hududiga bergan zarbalari Kiyev tomonidan qo‘llab-quvvatlangani aks etgan bayonotlardan so‘ng Ukrainaning vaqtinchalik ishlar vakiliga norozilik notasini topshirdi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.
“Isroilning tajovuzkorligini qo‘llab-quvvatlagan holda, Ukraina rasmiylari Ukrainaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillari va maqsadlarini, shuningdek, Ukraina hukumatining xalqaro javobgarligini nazarda tutuvchi to‘rtta Jeneva konvensiyasini hurmat qilish bo‘yicha xalqaro-huquqiy majburiyatlarini amalda e’tiborsiz qoldirdi”, dedi Forsayi.
Shahram Forsayi, shuningdek, muvaqqat ishlar vakilini Eronga qarshi “dushman va provokatsion” ritorika qo‘llab-quvvatlash davom etsa, Ukraina uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida ogohlantirdi. Norozilik notasi yaqin orada Ukraina rasmiylariga topshiriladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Isroilning Eronga qarshi operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi va amerikalik mavqedoshi Donald Trampni Isfahon, Fordo va Natanzdagi yadroviy ob’ektlar muvaffaqiyatli portlatilgani bilan tabriklagan. Vladimir Zelenskiy, shuningdek, Kiyevning Tehron bilan munosabatlarini “qiyin” deb atagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025