Eron turkman gazini Ozarbayjonga yetkazib berish hajmini oshirdi

Olam

image

Eron turkman gazini Ozarbayjonga yetkazib berish kunlik hajmini 4,5-5 million kub metrdan 7-7,5 million kub metrga oshirdi. Bu haqda Eronning Turkmanistondagi elchisi G‘ulom Abbos Arbob Xales TASS'ga ma’lum qildi.

“Turkman gazini Eron hududi orqali yetkazib berishga kelsak, shartnomalarimizni ko‘rib chiqishimiz kerak. Lekin kelishuvlarga ko‘ra, Ozarbayjonga kuniga 4,5-5 million kub metr gaz yetkazib beramiz. Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra, ayni paytda ayirboshlash hajmi 7-7,5 million kub metrgacha oshdi. Serah liniyasida yetkazib berish imkoniyati kuniga 20 million kub metrgacha ko‘paydi”, deydi elchi.

Avvalroq ommaviy axbort vositalari Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron o‘zaro gaz yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.

2021 yil noyabr oyida Ashxobodda Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron o‘rtasida muddatsiz uch tomonlama bitim imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoyga yirik hajmdagi gaz yetkazib beruvchi Turkmaniston Rossiyani Turkmaniston-Xitoy gaz quvuriga ulashni rejalashtirmayotgani haqida xabar bergandik. 

Shuningdek, Turkmaniston Yevropa Ittifoqiga turkman gazini yetkazib berish rejalashtirilgan Transkaspiy gaz quvuri loyihasi bo‘yicha yevropalik sheriklar bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon turkman gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing