Eron TIV rahbari insoniyatga murojaat qildi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullohiyon kecha, 4 aprel kuni 1979 yildan beri Ramazon oyining oxirgi juma kuni Eronda nishonlanib kelinadigan Xalqaro Quddus kuni munosabati bilan insoniyatga murojaat qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirga ko‘ra, ushbu kunda insoniyat tarixdagi eng dahshatli jinoyat va genotsidning guvohi bo‘lmoqda. 

"Qariyb olti oydan beri G‘azo sektorida davom etib kelayotgan insoniyat fojiasi – jafokash Falastin xalqi huquqlarining poymol etilishi barchani qayg‘uga solyapti. Isroil rejimi – bu tuproqning haqiqiy egasi bo‘lmish falastinliklar yerining bosib olinishi hamda xalqaro huquq normalarining qo‘pol ravishda buzilishi, muqaddas zamin egalariga nisbatan kuch va turli xalqaro jinoyatlarning qo‘llanishiga javobgardir", deya so‘z boshlagan u.

Qayd etilishicha, bugungi kunda nafaqat erkak-ayollar, balki begunoh yosh go‘daklar ham ushbu rejim jinoyatlarining qurboni bo‘lmoqda. 

"Shubhasiz, sionistlarning xatti-harakatlarini insoniyatga qarshi qaratilgan oshkora jinoyat, genotsid, aparteid va etnik qirg‘inning yaqqol namunasi deyish mumkin", degan Abdullohiyon.

Isroil tomonidan sodir etilayotgan G‘azo sektoridagi qirg‘in va turli yovuzliklarning davom etishi, aksariyatini ayollar va murg‘ak bolalar tashkil etadigan 33 ming nafar insonning olti oy davomida o‘ldirilishi, och-nahorlarga yuborilgan insonparvarlik yordamlari va oziq-ovqat mahsulotlarining sionistik rejim tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi va boshqa dahshatli holatlarning oxiri ko‘rinmayapti.

"Sinonistik rejim tomonidan G‘azo sektorida davom etayotgan qirg‘in va genotsidga xalqaro hamjamiyat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi, Xalqaro sud e’tiborini qaratishi hamda buni to‘xtatish uchun tegishli chora ko‘rishi kerak", degan TIV rahbari.

Shuningdek, u G‘azo sektoridagi ayollar hamda bolalarning hayotini saqlab qolish uchun zudlik bilan Rafah va boshqa chegara o‘tish punktlarini ochish zarurligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing