Eron Suriyaning yangi hokimiyatini tan oladi – Aroqchi

Olam

image

Eron Suriyaning hozirgi hukumatiga qarshi emas va kerak bo‘lsa inklyuziv hukumat tuzishda yordam berishga tayyor. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi RT telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Aroqchiga ko‘ra, Eron hozirgi Suriya vakillari bilan hozircha hech qanday aloqa o‘rnatmagan.

“Biz Suriyaning yangi hukumatiga qarshi emasmiz va unga qarshi hech qanday chora ko‘rmaymiz”, degan Tashqi ishlar vaziri.

Aroqchining qo‘shimcha qilishicha, agar Suriya Erondan yordam so‘rasa, mamlakat tinchlik o‘rnatish va qonuniy hamda inklyuziv hukumatni shakllantirish yo‘lida har doim yordam berishga tayyor.

Eron vazirining so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya vakillari bilan uchrashuv chog‘ida Suriya masalasini ham muhokama qilgan.

“Eron ham, Rossiya ham Suriyadagi vaziyatdan juda xavotirda, ikkala tomon ham mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdan manfaatdor”, degan vazir.

Ma’lumot uchun, joriy yilnng 17 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Eron tomonidan esa Eronning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Kozim Jaloliy ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrda Suriyada hokimiyatni egallagan Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) joriy yilning 29 yanvar kuni mamlakatning o‘tish davridagi prezidenti deb e’lon qilingandi. 2 fevral kuni u Saudiya Arabistoniga ilk xorijiy tashrifini amalga oshirdi. Mazkur tashrif doirasida u Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi.  3 fevral kuni u Makka shahrida Umra ziyoratini amalga oshirdi. Unga Ka’ba eshiklari ham ochib berildi. Ash-Sharaning 2-xorijiy safari Turkiyaga bo‘ldi. Ash-Shara muzokaralar chog‘ida hukm surgan ijobiy atmosfera uchun Erdo‘g‘anga  minnatdorlik bildirib, Turkiya Prezidentini eng qisqa vaqt ichida Suriyaga tashrif buyurishga taklif qildi.
Keyinchalik Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron telefon suhbati yakunida Аҳмад ash-Sharani Parijga taklif qildi. 12 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Suriyaning o‘tish davri prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Eron Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing