Eron Rossiyani terakt xavfi haqida ogohlantirgan – OAV

Olam

image

Eron 22 mart kuni Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl” konsert zaliga qilingan hujumdan oldin Rossiyani terrorchilik operatsiyasi ehtimoli haqida ogohlantirgan. Bu haqda “Reuters” agentligi uchta manbaga tayanib xabar berdi.

“Tehron hujumdan bir necha kun oldin Moskvaga Rossiyada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik terakt haqida ma’lumot bergan. Ma’lumotlar Eronda portlashlarni tashkillashtirishda gumon qilinib, hibsga olinganlarni so‘roq qilish natijasida olingan”, deydi agentlik suhbatdoshlaridan biri.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Eronning ehtimoliy ogohlantirishlaridan xabardor emasligini bildirgan.

“Reuters” manbalaridan biri Eron tomonidan Moskvaga uzatilgan ma’lumotlarda hujumning ehtimoliy nishoniga oid belgilar mavjud emasligini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Eron rasmiylari Rossiyani ISHIDning “Viloyati Xuroson” guruhining ba’zi a’zolari, ehtimol, terrorchilik hujumlarini amalga oshirish maqsadida bu mamlakatga borgani haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”da terakt uyushtirildi. Amerika razvedkasi esa Rossiyani ISHID terrorchilik guruhi teraktlar uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirgandi.

Teraktdan so‘ng ISHID javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya nega AQSHning terakt haqidagi ogohlantirishlariga e’tibor bermagani haqidagi tahlilchilarning versiyalari batafsil ushbu maqolada keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing