Eron Rossiya va Tojikistonga dron ishlab chiqarishda yordam taklif qilgan – AQSH

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Eron Rossiya va Tojikistonga o‘z hududida uchuvchisiz uchish apparatlari (dron) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam berishni taklif qilganini ma’lum qildi. Bu haqda AQSH G‘aznachilik departamentining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi veb-saytida e’lon qilingan hujjatda ma’lumot keltirilgan

“Eron Tojikiston va Rossiyaga dron texnologiyasi va jihozlarini taqdim etishni taklif qildi. Bunday sa’y-harakatlar bilan Tehron ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, eksport daromadlarini oshirishga va boshqa choralar orqali dronlardan foydalanish cheklovini qiyinlashtirishga harakat qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Hisobotda aytilishicha, 2022 yil avgust oyining oxiridan beri Eron Rossiyaga Shahed va "Mohajer" seriyali yuzlab dronlarni topshirgan. Moskva bu dronlardan Ukrainaga qarshi shafqatsiz bosqinchilik urushi paytida muhim infratuzilmaga zarba berish uchun keng foydalangan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Ukraina Rossiya tomonidan amalga oshirilgan tungi hujumlarda Eronda ishlab chiqarilgan 36 ta dronning barchasini urib tushirganini e’lon qilgandi. Shuningdek, 28 mayga o‘tar kechasi esa Rossiya qo‘shinlari Eronning Shahed-136/131 uchuvchisiz samolyotlari bilan havo hujumi uyushtirgani va uchirilgan 54 drondan 52 tasini yo‘q qilganini e’lon qildi. Rasmiy Tehron Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlaridan qo‘shimcha harbiy va moliyaviy yordam jalb qilish uchun Eronga qarshi tashviqot olib borayotganini aytib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Tojikiston Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing