Eron razvedkasi mamlakatda tartibsizliklarni rejalashtirayotgan “amerikaparast” guruhni fosh qildi
Olam
−
07 Sentabr 2023
3332Eron Axborot vazirligi va Qurolli kuchlarining elita bo‘linmalari razvedka xizmatlari mamlakat hududida tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan “amerikaparast” guruh topilgani haqida xabar berdi. Bu haqda razvedka idoralarining qo‘shma bayonotida aytildi.
“Ushbu tarmoq a’zolari AQSH Davlat departamenti, Freedom House va boshqa bir qator elementlarning moliyaviy ko‘magida Eron ichida va tashqarisida faollarni o‘qitgan. Ular16 va 23 shahrivar kunlari (Eron taqvimidagi oy nomi, Grigorian taqvimiga ko‘ra, 7 va 14 sentyabrga to‘g‘ri keladi) sharqshunoslik va afrikashunoslik ingliz maktabida ikkita tadbir o‘tkazishni rejalashtirgan. Tadbirlar virtual formatda ham bo‘lishi kerak edi. Bu voqealardan maqsad Eron hududida tartibsizliklarni tayyorlash va mamlakat ichida keskinlik muhitini yaratish bo‘lgan”, deyiladi qo‘shma bayonotda.
Biroq razvedka xizmatlari guruhning kattaligi va uning tarkibi haqida ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Eron maxsus xizmatlari Isroil bilan hamkorlik qilishda gumon qilingan “terrorchi guruh” a’zolarini qo‘lga olgandi.
LiveBarchasi