Eron raketalari Isroilning “Temir gumbaz”ini yorib o‘tdi. Tel-Aviv portlamoqda

Olam

image

Eron raketalari Isroilning havo mudofaa tizimi – “Temir gumbaz”ni yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Eron telekanallari efirida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Tel-Avivda portlashlar davom etmoqda.

Videolarda Eron raketalarining shahardagi nishonlarga kelib tushishi aks etgan. Isroilning “Temir gumbazi”i esa bunga dosh berolmagan. Qolaversa, videoda Isroilning qarshi raketalari zarbalar nishonga tekkandan keyin harakatga kelganini ham ko‘rish mumkin. Kadrlarda ko‘rinishicha, kamida bir nechta raketa o‘z nishoniga yetib borgan.

Isroilning 13-telekanali xabariga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketalardan biri Tel-Avivdagi Isroil Mudofaa vazirligi shtab-kvartirasiga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘llagandi. Isroil o‘z aholisidan zarba berilgan joylarning manzili va tasvirlarini nashr etmaslik va tarqatmaslik zarurligini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Tel'-Aviv Temir gumbaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing