Eron Prezidenti o‘z maoshini maktab qurilishiga xayriya qildi

Olam

image

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon o‘z maoshini milliy maktab qurilishi kampaniyasiga xayriya qildi va va’dasini 48 soatdan kamroq vaqt ichida bajardi. Bu haqda Maktablarni ta’mirlash, rivojlantirish va jihozlash bo‘yicha milliy tashkilot rahbari Reza Xonmuhammadiy SNNTV telekanalida e’lon qildi.

Xonmuhammadiyning so‘zlariga ko‘ra, Prezident 30 oktyabr kuni qurilish sanoati vakillari va donorlar bilan uchrashuvda o‘z oyligidan tushayotgan mablag‘larning bir qismini maktab qurilishiga sarflashga va’da bergan. Rasmiy depozit varaqasi bilan tasdiqlanganidek, o‘tkazish 1 noyabr kuni amalga oshirilgan.

Mas’ud Pezeshkiyon 2024 yilning iyul oyi boshida Eron Prezidenti bo‘ldi. Siyosatga kirishdan oldin u yurak jarrohi bo‘lib ishlagan.

Joriy yilning kuz oylarida Eronda “Maktab quring” loyihasi start oldi. O‘shanda Prezident oylik maoshini ta’lim muassasalari qurilishiga xayriya qilishini e’lon qildi. Loyiha fuqarolarni maktablarni qurish va ta’mirlashda ham moliyaviy, ham boshqa xayriyalar orqali ishtirok etishga undashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mas’ud Pezeshkiyonning Tabrizga qilgan norasmiy safari chog‘ida uning kortejidagi uchta mashina ham buzilib qolgandi. Shu paytda Pezeshkiyon mahalliy hokimiyatni jalb qilmaslikni ma’qul ko‘rgan va Tabrizga sayohatini yakunlash uchun shaxsiy taksi tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mas'ud Pezeshkiyon Reza Xonmuhammadiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing