Eron Prezidenti ilk xorij safari bilan Iroqqa bordi
Olam
−
11 Sentabr
2678Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bugun, 11 sentyabr kuni Tehron va Vashingtonning strategik ittifoqchisi bo‘lgan Iroqqa rasmiy tashrif bilan bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Iroqda Eronga qo‘shilgan bir qancha partiyalar va qurolli guruhlar mavjud, chunki Tehron 2003 yil Saddam Husayn hokimiyatdan ag‘darilganidan beri yirik neft qazib oluvchi davlatda o‘z ta’sirini muntazam oshirib bormoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eronning noyob hamkori bo‘lgan Iroq 2500 amerikalik askarga “mezbonlik” qiladi. Shu bilan birga, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli kuchlar mamlakat xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qiladi.
“Biz bir nechta shartnomalarni imzolashni rejalashtirmoqdamiz va Bag‘dodda Iroqning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashamiz”, deydi Eron rasmiylari.
Manbaga ko‘ra, G‘azo urushi boshlangandan beri Iroqdagi Eronga qo‘shilgan qurolli guruhlar Yaqin Sharqdagi AQSH qo‘shinlariga bir necha bor hujum qilgan. Shu fonda Qo‘shma Shtatlar va Iroq AQSH boshchiligidagi koalitsiya kuchlarini Iroqdan olib chiqib ketish rejalari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Davlat rasmiy matbuoti Pezeshkiyon Eron o‘tmishda hujumlar uyushtirgan Iroq Kurdistoniga ham tashrif buyurishni rejalashtirayotganini va bu hududdan Eron separatistik guruhlari hamda Isroil agentlari o‘zlari uchun maydon sifatida foydalanayotganini ma’lum qilgan.
“Bizda siyosiy, mintaqaviy va xavfsizlik masalalari kabi bir qancha hamkorlik sohalari bor”, deydi Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Prezident safari avvalida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Bog‘doddagi elchisi Muhammad Kozim as-Sodiq Mas’ud Pezeshkiyonning mamlakatga tashrifi haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi