Eron parlamenti raisi koronavirusga chalindi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi parlamenti – Majlis spikeri Ali Larijoniy yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi. Uning tahlil ijobiy natija berdi. Bu haqda IRNA xabar bermoqda.

Ali Larijoniyda kasallikning bir nechta alomati namoyon bo‘lgan. Hozirda u karantinga olingan va shifokorlar nazoratida qolyapti. Siyosatchi davolanish kursini boshlab yuborgan.

Eronda Maslahat kengashi a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy, shuningdek, Eronning Vatikan va Misrdagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronavirus infeksiyasidan vafot etgan.

Hozirgacha Eronda 50 ming 468 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 3160 nafari vafot etgan va 16 711 nafari davolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron koronavirus

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing