Eron parlamenti Pentagonni terrorchi tashkilot, AQSHni terrorizm rahnamosi deb tan oldi

Olam

image
Ostonada urush turgandek... north_east

Ostonada urush turgandek...

Eron Islom Respublikasi Parlamenti bugun, 7 yanvar kuni Pentagonni terrorchi tashkilot deb tan olish uchun ovoz berdi. 

Qonun matniga ko‘ra, Pentagonning barcha a’zolari, tegishli muassasalar va tashkilotlar, shuningdek Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning vafotini ssenariylashtirgan barcha amaldorlar terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Qonun loyihasini 238 nafar deputatdan 228 nafari qonun loyihasini yoqlab ovoz bergan.

Ushbu loyiha o‘tgan yilning aprel oyida Eronda qabul qilingan qonunga kiritilgan tuzatish bo‘lib, unga binoan AQSH qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi terrorchi tashkilot deb tan olindi. Uning matniga ko‘ra, “Yaqin Sharqdagi AQSHning barcha kuchlari terrorchi va AQSH hukumati terrorizmning rahnamosi". Mazkur qonun AQSH Prezidenti Donald Trampning joriy yil 8 apreldagi Islom inqilobi posbonlari korpusini xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaroriga javoban qabul qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Eron 5 yanvar kuni Sulaymoniy bilan vidolashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Qosim Sulaymoniy

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing