Eron og‘ir iqtisodiy sharoitda – Pezeshkiyon

Olam

image

Eron og‘ir iqtisodiy sharoitda va bundan ko‘plab fuqarolar norozi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon parlament yig‘ilishida so‘z ochdi.

“Mamlakat og‘ir sharoitda, odamlar og‘ir iqtisodiy ahvolda.  Iqtisodiyot, ijtimoiy hayot, ekologiya, ta’lim va madaniyat sohalaridagi adolatsizlik va nomutanosiblik barchaga ta’sir qiladi. Hukumatning vazifasi adolatli ish tutish, ya’ni xalqni rozi qilishdir. Bu biz butun qalbimiz bilan ishonadigan prinsipdir. Hech bir din, iymon, imom, payg‘ambar  inson uchun adolat chegarasidan chiqmagan. Ular dindormi yoki dinsizmi, turkmi, forsmi, arabmi, begonami yoki mahalliymi, farqi yo‘q. Butun kurash adolat uchundir”, deydi Prezident Pezeshkiyon.

Shuningdek, Eron Prezidenti mamlakatga qarshi tahdidlar haqida to‘xtalib, asosiy xavf AQSH tomonidan bo‘layotganini ta’kidladi. 

“Amerika sanksiyalar kiritmoqda, lekin birlashsak, bu tahdidlarni bartaraf eta olamiz. Mintaqada keskinlik, urush va qon to‘kilishi kuzatilmoqda. Qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarimiz sust, ijtimoiy kapitalimiz pasayib, ichki yaxlitligimiz zaiflashdi, hukumatning millat oldida obro‘si pasaydi. Bu bizning zaif tomonlarimizdir”,  deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, Pezeshkiyon rasmiylar mamlakatda qashshoqlikni kamaytirishga harakat qilishda davom etishini ta’kidlagan.

“Biz bu xalqni boshqarish uchun emas, unga xizmat qilish uchun keldik. Davlat xizmat quroli bo‘lishi kerak, aks holda bu ahamiyatsiz va foydasiz”,  deydi Prezident.  

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 28 iyul kuni Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Pezeshkiyonni yangi Prezident etib rasman tasdiqlagandi. Bu marosimda saylangan Prezident nutq so‘zlab, Xomanaiyning buyruqlarini bajarishini ta’kidlagan hamda mamlakatdagi siyosiy kelishmovchiliklarga yechim topishga chaqirgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing