Eron, Xitoy, BAA va Turkiya fuqarolari AQSHning “qora ro‘yxati”ga kiritildi
Olam
−
29 Sentabr 2023
5234AQSH Moliya vazirligi Eron, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va turkiyalik beshta yuridik va ikki nafar jismoniy shaxsga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda vazirlikning tarqatilgan hujjatida aytiladi.
“Amerika qora ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslar Eronning Shahed rusumli dronlarining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan servomotorlarni sotib olish bo‘yicha ta’minot va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
AQSH rasmiylariga ko‘ra, Eron Rossiyaga Ukrainada foydalanish uchun Shahed-136 ni yetkazib beradi.
Sanksiyalar ro‘yxatidagilarning Qo‘shma Shtatlardagi aktivlari muzlatiladi va Amerika fuqarolari va kompaniyalariga aloqador shaxslar bilan biznes yuritishi taqiqlanadi.