Eron Qatardagi g‘alaba sharafiga 715 mahbusni ozodlikka chiqardi

Sport

image
0:00
0:00
download

Eron hukumati Qatardagi Jahon chempionatida milliy terma jamoa Uels termasi ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng qamoqxonadagi 715 nafar mahbusni ozod qildi. Bu haqda "Fars" axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu qaror Eron Islom Respublikasi sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Mohseni-Ejeyning buyrug‘i bilan qabul qilingan.

Eron sud hokimiyati rahbari eronlik futbolchilarning g‘alabasini olqishlab, futbolchilarning Jahon chempionatidagi ajoyib o‘yini Eron xalqiga quvonch va baxt baxsh etgani, milliy birlik, ahillik ruhining namoyon bo‘lishiga xizmat qilganini aytgan.

25 noyabr kuni Eron terma jamoasi 1-turda inglizlarga 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2-turda Osiyo jamoasi Uels terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu eronliklarning Jahon chempionatidagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi. Eronliklar o‘z tarixida hech qachon Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmagan, ammo hozir terma jamoada yaxshi imkoniyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Uels

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing