Eron yangi kamikadze dronini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi (video)

Olam

image

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) so‘nggi kamikadze dronini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.

Sinovda Meraj-532 nomi bilan mashhur bo‘lgan dron bir tomonlama 450 km masofani bosib o‘tgan. Uning 3,6 km gacha balandlikda 3 soat davomida ucha olishi, 50 kg jangovar kallagi borligi va yuqori aniqlikka ega ekani aytilmoqda.

Eron harbiylari vakili Ali Kuhestoniy bu dron IIQKning quruqlikdagi qo‘shinlari yosh mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilganini ma’lum qilgan. 

Manbaga ko‘ra, IIQK quruqlikdagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan turli missiyalar uchun ko‘proq kamikadze dronlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Hozircha boshqa davlatlarga qurol yetkazib berish haqida gap yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Eron kamikadze droni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing