Eronlik futbolchi golni nishonlayotganda mamlakatdagi qatllarga norozilik bildirdi
Sport
−
21 dekabr 2022
6385Eronning “San’at Naft” klubi yarim himoyachisi Meysam Toxidast Eron chempionati o‘yinida urilgan golni mamlakatdagi o‘lim jazosiga ishora qilgan holda nishonladi. Bu haqda “A Bola” nashri xabar berdi.
Eron chempionati 12-turida “San’at Naft” “Nassaji”ni mag‘lub etgan uchrashuvda (2:0) futbolchi 76-daqiqada to‘pni darvozaga kiritdi. Golni nishonlash chog‘ida u qo‘lini bo‘yniga o‘tkazib, xuddiki osilgan insonni gavdalantirdi.
Bu ishora Eron hukumati tomonidan so‘nggi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng amalga oshirilgan qatllarga qarshi norozilik sifatida tushunildi.
Eslatib o‘tamiz, namoyishlarga Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Aminining vafoti sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi