Ahvoli og‘irlashgan Pele yaqinlari bilan vidolashdi
Sport
−
27 dekabr 2022
18672Jahon futboli afsonasi – braziliyalik Pelening ahvoli og‘irlashdi. Bu haqda britaniyalik biznesmen Frenk Xolid o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Pelening holati yomonlashgach, futbol qiroli o‘z yaqinlari, qarindoshlari va do‘stlari bilan xayrlashgan.
“Hali hamon shifoxonada qolayotgan Pele oilasi va do‘stlari bilan xayrlashdi. Futbol afsonasi asta-sekin saraton kasalligiga qarshi kurashda yutqazmoqda. Oilasi uning ahvoli og‘irlashayotganini aytdi”, deb yozadi Xolid.
Ma’lumot uchun, Pele anchadan buyon yo‘g‘on ichak saratonining progressiv oqibatlari bilan kurashishda davom etmoqda. U Rojdestvoni kasalxonada o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Peleda kasallik o‘tgan yilning kuzida aniqlangandi.
LiveBarchasi