Eronni JCHdan chiqib ketganini nishonlagan muxlis otib o‘ldirildi
Olam
−
01 dekabr 2022
22246Eron milliy terma jamoasining 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatidan chiqib ketganini nishonlagan muxlis Mehran Samak Eronda politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 29 noyabr kuni 27 yoshli muxlis Eron AQSH termasiga yutqazganidan keyin mashinasida signal berib, jamoa JCHni tark etganini nishonlagan. Oqibatda muxlisga Eron huquq-tartibot xodimlari o‘q uzgan. Voqea Kaspiy dengizi sohilidagi Bandar Anzaliy shahrida, Tehron shimoli-g‘arbida yuz bergan.
Ma’lumot uchun, 29 noyabr kuni Eron terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida AQSH terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. O‘yin 0:1 hisobida yakunlandi. Yagona gol 38-daqiqada yarim himoyachi Kristian Pulishich tomonidan kiritildi. Amerikaliklar ushbu g‘alaba evaziga “B” guruhi jadvalida eronliklarni ortda qoldirib, turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
LiveBarchasi