Eron Fransiya Prezidentini terrorizm va ikkiyuzlamachilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanaaniy Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Parij tinchlik forumi doirasida Yelisey saroyida amerikalik bir qator antieron arboblari bilan uchrashuvini qoraladi. Bu haqda kecha, 13 noyabr kuni mahalliy “Tasnim” agentligi xabar berdi. 

“Erkinlikni qo‘llab-quvvatlaymiz, deb da’vo qilayotgan davlat Prezidenti o‘z darajasini pasaytirib, so‘nggi oylarda Eron Islom Respublikasida nafrat, zo‘ravonlik va terroristik harakatlarining urug‘ini yoyishga ochiqdan-ochiq harakat qilgan avom bilan uchrashishi ajablanarli”, deydi .  

Eron Tashqi ishlar vazirligi sayti xabariga ko‘ra, Kanaaniy Makronning bu odamlar boshchiligidagi inqilob deb atalmish harakatni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi bayonotini ham ayanchli va sharmandalik deb atadi. 

Eron rasmiysining qo‘shimcha qilishicha, bu uchrashuv Fransiyaning terrorizm va zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi va bu yovuz hodisalarning tashviqoti sifatida ko‘riladi. 

Xulosa o‘rnida u Eronga qarshi bunday chora-tadbirlar, shubhasiz, Yevropaning ayrim rahbarlarining inson huquqlariga zid bo‘lgan tanlov asosidagi yondashuvlari va ikki tomonlama standartlarini yaxshi biladigan buyuk Eron xalqi xotirasida saqlanib qolishini ta’kidladi.

Avvalroq Emmanuel Makron Yelisey saroyida amerikalik bir qator antieron arboblari, jumladan Masih Alinejad bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda Fransiya Prezidenti Erondagi so‘nggi tartibsizliklarni “inqilob” deb atagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing