Eron droni Dubay aeroportiga qulab tushdi (video)

Olam

image

Bugun, 7 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri aeroporti hududiga dron qulab, portlab ketdi. Oqibatda aeroport o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda shahar hukumati xabar berdi.

Aeroport faoliyati aynan qancha muddatga to‘xtatilganiga aniqlik kiritilmagan.

“Yo‘lovchilar, aeroport xodimlari va aviakompaniya ekipajlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida Dubay xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Barcha jarayonlar o‘rnatilgan xavfsizlik protokollariga muvofiq amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dubay aeroportining to‘xtab qolishi har bir daqiqada 1 million dollar yo‘qotilishiga olib keladi.

“The Times of Israel” nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Dubayda ikkita portlash ovozi eshitilgan. Shundan so‘ng Dubay hukumati urib tushirilgan dronlarning parchalari tushishi oqibatida yuzaga kelgan “uncha katta bo‘lmagan hodisa” haqida xabar bergan. Hodisa oqibatlari bartaraf etilgan, biroq rasmiylar gap aynan nima haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubay shahrida vaziyat nisbatan barqarorlashayotgani sababli Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tiklanayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Birlashgan Arab Amirliklari aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing