Eron armiyasi hiyla qildimi: “Temir gumbaz” o‘z pozitsiyalarini nishonga oldi
Tahlil
−
18 iyun 38295 5 daqiqa
Havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangraganida, isroilliklar panoh izlab yuguradi. Ammo yuzlab dron va raketalar mamlakatga qarab uchib kelayotgan bir paytda, aholining aksariyat qismi ko‘p qatlamli havo mudofaa tizimlariga ishonadi.
Yangi dalillar shuni ko‘rsatadiki, yaqinda amalga oshirilgan hujumlar chog‘ida Eron Isroilning mashhur havo mudofaa tizimlarini muvaffaqiyatli ravishda ishdan chiqargan, oqibatda Tel-Aviv o‘z pozitsiyalarini o‘qqa tutishga majbur bo‘lgan. Qisqa qilib aytganda, ba’zilar mudofaaning ish bermayotgani haqida gapirsa, ba’zilar buni inkor etmoqda. Xo‘sh, o‘zi “Temir gumbaz” nima va u qanday ishlaydi?
Isroil ko‘p qatlamli havo mudofaa tizimi

Erondan bo‘layotgan keng ko‘lamli javob zarbalari Isroilning uzoq yillik tajriba va AQSH moliyaviy yordamiga asoslangan ko‘p qatlamli havo mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazmoqda. Uzoq yillar davomida yaratilgan “O‘q-2 va O‘q-3”, “Dovud palaxmoni” va “Temir gumbaz” tizimlari shular jumlasidan.
Ko‘pchilik “Temir gumbaz” deganda Isroil osmonini himoyalovchi yagona texnologik birlikni tushunadi. Aslida u havo mudofaa tizimining bir qatlamidir. Masalan, eng chetki qatlam “O‘q” tizimi uzoq masofali ballistik raketalarga qarshi mo‘ljallangan bo‘lib, “O‘q-2” 100 km, “O‘q-3” esa 150 km balandlikda 2,4 ming kilometrgacha masofada dushman raketasini urib tushirishi mumkin.

“Dovud palaxmoni” esa Raytheon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rta masofali ballistik raketalar, qanotli raketalar va yirik kalibrli snaryadlarni nishonga oladi. Bu tizim ilk bor Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketani urib tushirishda ishtirok etdi.

Ammo har bir tizimning o‘z chegarasi bor. Har bir batareya bir vaqtning o‘zida cheklangan miqdorda raketani tuta oladi. Eron tomonidan qo‘llanilgan aralash hujumlar (ballistik, qanotli raketalar va dronlar) tizimlarga maqsadlarni ajratish va ustuvorlikni belgilashda qiyinchilik tug‘dirmoqda.
“Temir gumbaz” nima va u qanday ishlaydi?

“Temir gumbaz” Isroil havo mudofaasining eng muhim markaziy qatlamidir. Aytilishicha, u taxminan 80-90 foizga xavfsizlikni ta’minlaydi. Tahlilchilarga ko‘ra, 2011 yilda AQSH yordami bilan tashkil etilgan bu tizim oxirgi o‘n yillikdagi bir qancha mojarolar davomida sanoqsiz tinch aholi hayotini saqlab qolgan.
Ishlab chiqaruvchi kompaniyaga ko‘ra, “Temir gumbaz” hozirgacha 5 mingdan ortiq raketani urib tushirgan.
“Temir gumbaz”ning har bir batareyasi 150 kvadrat kilometrgacha hududni himoya qilish imkonini beradi. U asosan arzon, qisqa masofaga uchiriladigan raketalarni tutib olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, chegaradagi guruhlar tomonidan boshqariladi. Batareya narxi taxminan 100 million dollar, har bir raketa ushlovchi esa 50 ming dollar turadi. Shu sababli tizim faqat real tahdidni tashkil qilayotgan raketalarnigina nishonga oladi.

“Temir gumbaz” uchta asosiy komponentdan iborat. Dastlab u 100 kilometrlik radiusdagi tahdidlarni aniqlash va kuzatish uchun murakkab radar tizimlaridan foydalanadi. Keyin esa buyruq markazi ishga tushadi. Markazdagi komandirlar tahdidning tezligi va trayektoriyasini tahlil qiladi. Ta’kidlanishicha, agar raketa sekundiga 1 km tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa, unga javob berish bir daqiqa vaqt talab qiladi.
Tizimning “Tamir” interseptor raketalari tovushdan ikki baravar tezlikda uchib, boshqaruvchi qanotlar va issiqlikka sezgir sensorlar yordamida nishonga 10 metrgacha yaqinlashadi. Bir necha soniya ichida jangovar kallaklar yuqori tezlikdagi metall parchalarga bo‘linadi va tahdidni yo‘q qiladi.
Dastlab “Tamir” raketasini ishlab chiqarish narxi 100 ming dollar atrofida bo‘lishi aytilgan edi, hozirgi baholarga ko‘ra bu narx 40-50 ming dollarga tushgan.
“Temir gumbaz” ojizlik qilyaptimi?

So‘nggi yillarda “Temir gumbaz” bir nechta yo‘nalishdan bo‘layotgan kuchli va uzoq davom etuvchi bombardimonlarga duch kelmoqda. Bu tizim faqat qisqa muddatli hujumlarga qarshi turish uchun yaratilgan, shuning uchun ba’zida yetarlicha himoya yarata olmaydi.
2023 yilning oktyabrida HAMAS G‘azodan 20 daqiqa ichida uchirilgan minglab raketalar bu tizimni yorib o‘tdi.
Ammo ayrim “dron to‘dalari” tizimning zaif tomonlarini ochib berdi. Isroil harbiylariga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida Tel-Aviv shimolida dron hujumi oqibatida to‘rt nafar askar halok bo‘lgan, yetti nafari og‘ir yaralangan.

Livandagi “Hizbulloh” hujumni amalga oshirgani va yangi dron modellari yordamida Isroil havo mudofaa radarlarini aldab o‘ta olganini bildirgan.
Endi esa “Temir gumbaz” Isroilning o‘zidan 70 barobar yirik mamlakat Eronga qarshi boshlagan “Uyg‘onayotgan sher operatsiyasi”ga javoban yo‘llanayotgan kuchli raketa zarbalari bilan to‘qnashishga to‘g‘ri kelmoqda.
Eron va uning ittifoqchilari 1,5 ming kilometrgacha yetib boradigan raketalarga ega. Bu esa raketalar Isroilning istalgan nuqtasini nishonga olishi mumkinligini anglatadi. Tehronning yaqindagi hujumlarida shunday uzoq masofali qurollar namoyon bo‘ldi. Bir haftadan kam vaqt mobaynida Eron hujumlari bir necha o‘nlab odamlar o‘limi va yuzlab yaradorliklarga sabab bo‘lgani xabar berilmoqda.

Eron armiyasi yangi usuldan foydalanilganini e’lon qildi, bu usul Isroilning ko‘p qatlamli mudofaa tizimlarini bir-birini nishonga olishga majbur qilgani aytilmoqda. Isroil mudofaa kuchlari esa bu da’volar bo‘yicha izoh bermadi.
AQSH ko‘magidagi zaxiralar
Isroilda AQSHning dushman raketasi, droni yoki samolyotini maksimal 160 km uzoqlikda aniqlab, urib tushira oluvchi Patriot himoya tizimlari ham mavjud.
2024 yil oxirida esa Pentagon Isroilga mobil raketaga qarshi mudofaa tizimi (Terminal High Altitude Area Defense)ni ham jo‘natgan, bu Eronning ballistik raketalariga qarshi ishlatiladi.

Eron so‘nggi hujumlarda Isroilning havo mudofaasini bosib olish uchun to‘lqin-to‘lqin raketa va dronlardan foydalandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlarda quyidagi uchuvchi texnikalardan foydalanilgan:
- 100 dan ortiq Shahed dronlari (guruhlikka asoslangan taktika);
- O‘ta eski ballistik raketalar (chaqiruvchi vosita sifatida: tutib qoluvchi raketalarni behuda sarflash uchun);
- “Fattoh” gipertovushli raketalar (Isroilning “O‘q” kabi tizimlari to‘xtata olmaydigan darajada tez).
- “Fattoh” raketalari Isroilga 7 daqiqada yetib keladi, “Temir gumbaz” esa qayta yuklanish uchun 11 daqiqa vaqt talab qiladi.
Isroil yana havo himoya tizimi yaratmoqda: “Temir nur”

Hozirda Isroil havo hujumlarini lazer texnologiyasi yordamida bartaraf etish loyihasi ustida ishlamoqda. Aytilishicha, “Temir nur” deb nomlangan bu yangi tizim, hozirgilarga nisbatan ancha arzon bo‘ladi va o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi. Uning interseptor texnologiyasi atigi bir necha dollarga tushadi, ammo Isroil rasmiylariga ko‘ra, bu tizim hali amaliyotda ishga tushirilmagan.
Live
Barchasi