Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Olam

image

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.
 

Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojaro kelib chiqqan. Bu esa mushtlashuvga aylanib, arman chegarachilari haydovchiga og‘ir jarohat yetkazgan. 

Voqea joyiga tez yordam mashinasi chaqirilgan, biroq shifokorlar bir necha soatdan keyin yetib kelgan. Ular voqea joyiga yetib kelgunga qadar haydovchi vafot etgan.

“Bu voqea Ozarbayjonning Zangazur yo‘lagi masalasida arman tomoniga ishonmaslik qanchalik to‘g‘ri ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Eron fuqarosi bo‘lgan haydovchi aynan ozarbayjon millatiga mansubligi sababli arman chegarachilari tomonidan o‘ldirilgan. Chegara har qanday davlatning asosiy xavfsizlik darvozasi, bu mamlakatda barqarorlikning birinchi raqamli elementidir. Ushbu elementga har qanday darajadagi zarar mamlakatning o‘ziga ham, qo‘shni davlatlarga ham ta’sir qiladi”, deyiladi xabarda.

Armaniston tomoni hozircha mazkur voqeaga munosabat bildirgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon chegarachilari Armaniston bilan chegaradagi 4 qishloqni nazorat ostiga olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ozarbayjonlik Eron fuqarosi chegara punkti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing