Armaniston talabi bilan Moskvada ozarbayjonlik sportchi hibsga olindi (video)

Sport

image

Rossiyada ozarbayjonlik fitnes murabbiyi Komil Zeynalli qo‘lga olindi. Bu haqda uning advokati Aliakbar Qorayev Ozarbayjon davlat axborot agentligiga ma’lum qildi.

Qorayevga ko‘ra, uning mijozi 2020 yil 29 sentyabrda Armaniston tomonidan qaysi jinoyat ekani aytilmagan to‘rtta modda bo‘yicha qidiruvga berilgan. Hozirda ish prokuratura tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 

Qayd etilishicha, sportchi bugun ertalab Bakuga qaytmoqchi bo‘lganida Domodedovo aeroportidagi politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Uni Armaniston xalqaro qidiruvga bergani uchun hibsga olingani iddao qilinmoqda. Bu so‘rov MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida imzolangan davlatlararo shartnoma doirasida amalga oshirilgan. 

Unga insoniyatga qarshi jinoyatlar, 137- (homiylik qilgan shaxsga qarshi harbiy jinoyatlar), 140- (urush olib borishning taqiqlangan usullaridan foydalangan holda harbiy jinoyatlar), 147- (yollanma askarlarni yollash) va 149-moddalari (zo‘rlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qorayev Zeynalli huquqlarini himoya qilish Ozarbayjonning Rossiya Federatsiyasidagi diplomatik vakolatxonasi va shaxsan elchi Polad Bulbulo‘g‘li nazorati ostida amalga oshirilayotganini bildirgan.

“Ozarbayjon fuqarosi qo‘lga olingani haqidagi xabar kelib tushishi bilan konsul va vitse-konsul aeroportga jo‘natilgan. Elchi Polad Bulbulo‘g‘li ko‘rsatmasi bilan vaziyatga joyida oydinlik kiritildi. Ayni damda diplomatik missiya xodimlari u saqlanayotgan tergov izolyatorida”, deyiladi elchixona munosabatida.

Armaniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Narek Sarkisyan esa Moskvada hibsga olingan ozarbayjonlik sportchi Armaniston huquq-tartibot idoralari tomonidan qotillikda ayblanayotganini aytgan.

Hozirda Zeynallining ozodlikka chiqarilgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Pashinyan xalqaro hamjamiyatni noto‘g‘ri yo‘lga boshlayotgani haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sportchi Moskva Armaniston hibs ozarbayjonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing