Eron AQSHga javob qaytardi

Olam

image

Kecha, 16 aprel kuni Eron Islom Respublikasi  Parlamenti AQSHning Islom inqilobi posbonlari korpusiga (IIPK) terrorchi guruh sifatida qarashiga qarshi turish uchun tegishli qonun loyihasini tasdiqladi.

Parlamentdagi 256 nafar deputatning 204 nafari loyihani ma’qullagan, qolgan 52 nafar a’zo qarshi bo‘lgan. Betaraflar bo‘lmagan. Bu haqda “Mehr News” xabar berdi.

Qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, AQSHning G‘arbiy Osiyodagi Markaziy qo‘mondonlik (CENTCOM) deb ataluvchi kuchlari terrorchilik tashkiloti deb tan olindi. Endilikda ularga ko‘rsatilgan har qanday moliyaviy, texnologik va boshqa yordam terrorchilik harakati sifatida qayd etiladi.

Bundan tashqari, Eron hukumati IIPK bilan hamkorlik qiluvchi shaxslarni mamlakat tashqarisi hamda ichkarisida AQSH yetkazishi mumkin bo‘lgan huquqiy va ruhiy bosimdan ham muhofaza qilishi kerak.

Hukumat tegishli xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali AQSHning taqiqlov choralarini bekor qilinishiga erishishi kerak bo‘ladi. Muzokaralarning uch tomonlama o‘tkazilishi ham istisno qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp IIPKni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi. Shundan so‘ng, IIPK qo‘mondoni Muhammad Ali Jafari AQSHni jiddiy ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron IIPK

Baholaganlar

304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing