Eron 80 kishi o‘ldi degandi, 8 kishi ham o‘lmagan

Olam

image
Dunyo Trampning uyg‘onishini kutyapti. Urush e’lon qilinadimi? north_east

Dunyo Trampning uyg‘onishini kutyapti. Urush e’lon qilinadimi?

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp xalqiga murojaat yo‘llab, Eronning Yaqin Sharq Amerika bazalariga hujumiga munosabat bildirdi. Donald Tramp Eronga qarshi urush bo‘lmasligini ma’lum qildi va ochig‘i butun dunyoni tinchlantirdi.

E’tiborlisi, Amerika yetakchisi Eronning ikki harbiy bazaga hujumida amerikaliklar jabrlanmaganini ma’lum qildi.

Bundan avvalroq, Eron davlat telekanali hujum natijasida 80 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Ho‘sh, unda bu qurbonlar kimlar? Bazaga tashlangan 12 raketaning 10 tasi portlab, 2 tasi portlamay qolgan. Eronning bu raketalari harbiy baza atrofidagi qishloqlarda yashovchi tinch aholining yostig‘ini quritdimi? Bu bo‘yicha hozircha na Iroq, na Eron va na AQSH aniq rasmiy ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida eronlik general Qosim Sulaymoniy AQSH hujumi vaqtida o‘ldirildi. Shundan so‘ng Eron-AQSH munosabatlari keskin tus olib, ochiq tahdidlar yangray boshladi. Eron Oliy rahbari oyatullo Ali Homayniy Amerikadan qasos olishga va’da berdi. O‘sha kuniyoq Iroqdagi AQSH elchixonasi va Badal aviabazasi hujumga uchradi.

Bugun tunda esa Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi va Erbildagi baza Eron hujumiga uchradi. Hodisada halok bo‘lganlar haqida turli ma’lumotlar berildi. Eron OAV hujumda 80 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ammo CNN telekanali raketa hujumida qurbonlar bo‘lmaganini ochiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron

Baholaganlar

514

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing