Eron 2010 yildagi terrorchilik hujumida AQSHni aybladi

Olam

image

Eron sudi AQSH hukumatini va uning rasmiylarini 2010 yilda Chabahar port shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumida aybdor deb topdi. Bu haqda “Big News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Eron AQSH tomonini halok bo‘lgan va jarohatlanganlar oilalariga 170 million dollari to‘lashga majbur qilgan.

Eron sud tizimiga oid “Mizan” axborot agentligi xabar qilishicha, ushbu qaror Tehron Adliya sudining 55-bo‘limi tomonidan noma’lum sanada qabul qilingan. Shikoyatni jabrlanganlarning oilalari va omon qolganlarni o‘z ichiga olgan olti kishi bergan.

Mazkur hujum 2010 yil dekabr oyida Chabahar shahridagi masjid oldida diniy motam marosimiga yig‘ilgan odamlarga qarshi uyushtirilgan hujum bo‘lib, 39 kishi halok bo‘lgan va yana 70 kishi jarohat olgan edi.

“Nizam”ning xabar berishicha, Eron sudi AQSH hukumatini va uning rasmiylarini hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan “Jundulloh” nomli terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlaganlikda aybdor deb topgan.

Sud qaroriga ko‘ra, AQSH jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar uchun 74 million dollar, shuningdek, jazo sifatida 96 million dollar to‘lashga majbur qilingan.

Ma’lumot uchun, mazkur hujum bo‘yicha Eron sudi tomonidan AQSH hukumatiga qarshi chiqarilgan ikkinchi hukm. 2023 yilda 93 nafar jarohatlangan va halok bo‘lganlarning oilalari tomonidan ochilgan da’vo doirasida sud AQSH hukumatini 2,66 milliard dollar miqdorida kompensatsiya to‘lashga majbur qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda terakt sodir etilishi oqibatida 10 kishi vafot etgandi. Eron Ichki ishlar vazirligi voqea yuzasidan tergov o‘tkazishni buyurgan va terroristik hujumning tafsilotlarini o‘rganib, natijani zudlik bilan aholiga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing