Eron Hormuz bo‘yicha yana shart qo‘ydi

Olam

image

Endilikda Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakat faqat savdo kemalariga ruxsat etiladi. Buning uchun kemalar Eron Qurolli kuchlari shtabidan oldindan ruxsat olishi, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishi va boj to‘lovini amalga oshirishi shart. Bu haqda Eron parlamentining milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy bayonot berdi.

Uning ta’kidlashicha, Hormuz bo‘g‘ozidagi yangi dengiz tartibini aynan Eron belgilaydi, va bu qoidalarga amal qilish vaqti kelgan. Aziziy, shuningdek, agar AQSH tomonidan eng kichik to‘sqinlik bo‘lsa ham bu bo‘g‘ozni yopish uchun asos bo‘lishini aytgan.

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof ham shunga o‘xshash fikr bildirgan. Unga ko‘ra, agar AQSH harbiy-dengiz kuchlari Eron portlaridan chiqayotgan kemalarga to‘sqinlik qilishda davom etsa, Hormuz bo‘g‘ozi yopilishi mumkin.

Bundan oldin, 17 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bo‘g‘oz yana ochilganini ma’lum qilgan edi. U bu qarorni Livan va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgani bilan bog‘lagan. Shu bilan birga, kemalar harakati faqat kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi aytilgan. https://qalampir.uz/uz/news/%D2%B3ormuz-ochildi-tramp-eronga-minnatdorlik-bildirdi-135059

Eslatib o‘tamiz, Isroil va Livan o‘rtasida 34 yildan keyin ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilib, 17 apreldan boshlab 10 kunlik sulh e’lon qilingan edi. Har ikki tomon muzokaralarni ijobiy baholagan bo‘lsa-da, sulh boshlanganidan ko‘p o‘tmay Livan Isroilni kelishuvni buzishda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hormuz bo'g'ozi Ibrohim Aziziy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing