Ermitajda odamlar evakuatsiya qilinyapti

Olam

image

Bugun, 21 fevral kuni Rossiya Davlat Ermitaji mehmonlari va xodimlari muzey binosidan evakuatsiya qila boshlangan. TASSning yozishicha, bunga binoning minalashtirilgani haqidagi xabar sabab bo‘lgan.

“Bino minalashtirilgani haqida xabar tushdi”, degan agentlik manbasi.

Ermitaj vakillari mehmon va xodimlar evakuatsiya qilinayotgani haqidagi xabarni tasdiqlashgan. Mina haqiqatda topilganmi, yo‘qmi hozircha rasmiy xabar berilmagan.

Davlat Ermitaji – Sankt-Peterburg markazidagi Qishki saroy kompleksida joylashgan dunyodagi eng yirik san’at va tarixiy-madaniy muzey hisoblanadi. Muzeyga har yili 6 mln mehmon tashrif buyuradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Ermitaj

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing