Erkin Vohidov memorial muzeyi tashkil etiladi
Jamiyat
−
29 iyul 2019
4691O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Uchko‘prik tumanida Haziniy uy-muzeyi Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida tashkil etildi.
Mazkur muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalari joriy etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 2016 yilning 30 may kuni 79 yoshida vafot etgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 2018 yilda O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
2016 yilning 28 dekabr kuni shoir 1966-2016 yillarda yashab, ijod qilgan xonadoniga yodgorlik lavhasi o‘rnatildi.
2018 yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
LiveBarchasi