Erkaklar boks jamoasi to‘liq tarkibda Olimpiada yo‘llanmasini naqd qildi
Sport
−
12 mart
14038Italiyaning Busto Arsitsio shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Olimpiada litsenzion turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari eng ko‘p 5 tadan yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mezbon Italiya jamoasi esa 4 ta litsenziyani naqd qildi.
Turnirda 112 ta davlatdan 632 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada, 49 ta yo‘llanma mamlakatlar kesimida taqsimlandi.
Musobaqada polshalik bokschilar 3 ta, Kolumbiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Filippin jamoalari 2 tadan yo‘llanmaga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston vakillaridan qaysi sportchilar Parij-2024 Olimpiadasi litsenziyasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi