Erkaklar boks jamoasi to‘liq tarkibda Olimpiada yo‘llanmasini naqd qildi

Sport

−

image

Italiyaning Busto Arsitsio shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Olimpiada litsenzion turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari eng ko‘p 5 tadan yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mezbon Italiya jamoasi esa 4 ta litsenziyani naqd qildi.

Turnirda 112 ta davlatdan 632 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada, 49 ta yo‘llanma mamlakatlar kesimida taqsimlandi.

Musobaqada polshalik bokschilar 3 ta, Kolumbiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Filippin jamoalari 2 tadan yo‘llanmaga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston vakillaridan qaysi sportchilar Parij-2024 Olimpiadasi litsenziyasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing