Ergashevni mag‘lub etgan bokschining ikkinchi himoya jangi sanasi e’lon qilindi
Sport
−
14 mart
4237Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun jangda o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashevni mag‘lubiyatga uchratgan puerto-rikolik Sabriel Matiasning navbatdagi himoya jangi 15 iyun kuni o‘tkaziladi. Bu haqda “Allboxing” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli Matiasning himoya jangi o‘z vatani Puerto-Rikoda o‘tkaziladi. Unga avstraliyalik Liam Paro raqiblik qiladi. Tez orada Matias-Paro jangi rasman tasdiqlanadi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Paro shu vaqtga qadar profboksda 24 ta jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozongan. U 15 ta bahsda raqiblarini nokautga uchratgan. Kamar egasi Matias esa 21 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 20 tasida zafar quchgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IBF kamarining sobiq da’vogari Shohjahon Ergashevning yangi jangi sanasi qachon bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.
Profringdagi 25-jangida Ergashevga panamalik Xuan Xuyertas raqiblik qiladi.