Bahodir Jalolov va Shohjahon Ergashev IBF'da top-15'dan chiqib ketdi
Sport
−
16 avgust
18155O‘zbekistonlik professional bokschilar Bahodir Jalolov va Shohjahon Ergashev Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) yangilangan reytingida kuchli o‘n beshtalikni tark etdi.
Bahodir Jalolovning profboksdagi faoliyatida biroz tanaffus bo‘lganligi, Shohjahon Ergashev esa oxirgi jangida imkoniyatni boy bergani uchun top-15'talikdan chiqib ketdi.
Qayd etish joiz, Jalolov ham, Ergashev ham o‘tgan oy 13-o‘rinda qayd etilgandi.
Hozirga kelib ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi reytingda top-10'dan joy olgan. Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 10-o‘rinni egalladi.