Shohjahon Ergashev mag‘lubiyatga uchradi
Sport
−
28 iyul
24636Bugun, 28 iyul kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida o‘tkazilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Ergashevning promouteri “Salita Promotions” o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Ergashev jang doirasida yengil vazn toifasi bo‘yicha amerikalik Julian Smitga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra (95-94, 95-94, 94-95) amerikalik bokschi g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Shohjahon faoliyatidagi 26-jangida 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. O‘zbekistonlik bokschi avval Sabriel Matiasga imkoniyatni boy bergandi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Ergashev faoliyati davomida profboksda 26 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan. Joriy yilning mart oyida professional boksning super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Ergashev panamalik Xuan Xuertasga qarshi o‘tkazgan va unda raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohjahon Ergashev Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) reytingida pastlagani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi