Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi kun tartibi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati Turkiya yetakchisining tashrifi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari o‘tkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Asosiy e’tibor savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya

Baholaganlar

784

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing